Ijtimoiy yetimlikni oldini olish

Ijtimoiy yetimlikni oldini olish

SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi mahalliy hamjamiyatga og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalardagi hayotiy vaziyatni yaxshilashga yordam berar ekan, oilalar va bolalarning farovonligini ta'minlashga, bolalarning ulg'ayishi va rivojlanishi uchun oila muhitining muhimligi va ahamiyatini mustahkamlashga hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olishga o'z hissasini qo'shmoqda.

2007 yildan boshlab Uyushmada Ijtimoiy yetimlikni oldini olish xizmati faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Xizmat bola o'z oilasida rivojlanishi uchun yaxshi sharoitlarni yaratish maqsadida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarga har tomonlama yordam ko'rsatyapti.

Oilalar bilan olib boriladigan ishlar ijtimoiy yetimlik oldini olishga va bolalarni muqobil parvarish qilish muassasalariga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan xizmatlar kompleksini o'z ichiga olgan. Bular:
  • Ta'lim bo'yicha, tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam, bolaning hayotiy sharoitlarini yaxshilash, bola ongining shakllanishini quvvatlash. 
  • Kattalarda bolalarga g'amkho'rlik qilish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish qobiliyatini rivojlantirish. 
Kasbiy malakaga ega bo'lish, ishga joylashish va kichik biznesni ochishda ota-onalarga ko'maklashish yo'li bilan ularning moddiy maqomini yaxshilash va barqaror daromadni ta'minlash.

Uyushma faoliyati doirasida tashkil etilgan xizmatlarda zarur ijtimoiy-psixologik xizmatlar kompleksi taqdim etiladi, ishga joylashish va yuridik hamrohlik qilishga ko'maklashiladi. Loyihalar doirasida tashkil etilgan ijtimoiy korhonalarda esa qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar o'zlarining iqtisodiy ahvolini yaxshilab olishi va iqtisodiy mustaqillikka ega bo'lishi mumkin.

Xizmatlar qoshida bolalarga kunduzi qaraladigan Markazlar faoliiat ko'rsatmoqda. Ota-onalar mutahassislar bilan maslahatlashib olguncha yoki ular Izhtimoiy korhonalarda ishlayotgan va o'qiyotgan paytda bolalar bu erda o'ynashlari va shug'ullanishlari mumkin.

2007-2016 yillardagi iutuqlarimiz.

  • Toshkent, Urganch va Samarqand shaharlaridagi 735 ta oiladan 2000 ga yaqin bola ijtimoiy, psixologik va ta'lim ko'magini oldi.

  • har oyda oilalari og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan o'rtacha 10 nafar bolaga Samarqand shahridagi qisqa muddatli vasiylik xizmatida vaqtinchalik qaraldi. Uyushma mutahassislari ularning oilalari bilan ishlayotgan davrda xizmatda ularga tibbiy, pedagogik, psixologik va ijtimoiy ko'mak ko'rsatildi. 

  • Oilalarning farovonlik darajasini oshirish maqsadida Samarqand shahridagi 2 ta mahallada faoliyat ko'rsatayotgan 3 ta ijtimoiy korxonada 15 ta ish o'rni yaratildi.

  • Oiladagi krizisli vaziyat bartaraf etilib, bolalar uchun maqbul muhit yaratilganidan keyin 170 nafar bola o'z oilasiga qaytarildi.

  • Ijtimoiy yetimlikni oldini olish hizmatlarini olgan oilalarning 60 nafari o'zlarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi tiklanishi munosabati bilan xizmatni tark etishdi.