SOS Bolalar Mahallalari O'zbekiston

«SOS O’zbekiston Bolalar Mahallalari» Uyushmasi 1997 yilda bolalarning farovonligini ta’minlash, ularning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish va ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi. Ota-onasining qaramog’isiz qolgan yoki ijtimoiy yetimlik havfi ostida bo’lgan bolalar va yoshlar, shuningdek qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar tashkilot faoliyatining diqqat-markazidadir.

Uyushma dasturlari doirasida bolalar va oilalar ota-onasining qaramog’isiz qolgan bolalar va yoshlar uchun oila muhitini yaratishga, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni mustahkamlashga va ijtimoiy yetimlik havfini kamaytirishga qaratilgan kompleks, izchil va uzluksiz xizmatlarga ega bo’ladilar. Barcha hizmatlar quyidagi tuzilmalar doirasida taqdim etiladi: oilaviy vasiylik, yoshlarga vasiylik qilish, oilani mustahkamlash bo’yicha tuzilmalar.

Uyushmaning to’rtta muhim tamoyili:

  1. Har bir bola g’amxo’r ota yoki onaga ega
  2. Oilaviy aloqalar ta’biy yo’l bilan rivojlanadi
  3. Har bir oila o’z uyini yaratadi
  4. OS-oila jamiyatning bir qismi hisoblanadi

Uyushmaning muhim vazifalari:

  1. Ota-onasining qaramog’isiz qolgan bolalarni hamda oilalari qiyin hayotiy sharoitlarga tushib qolgan bolalarni jismoniy, intellektual va ma’naviy rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, ularga ijtimoiy va huquqiy ko’makni ta’minlash.
  2. Ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni O’zbekistonning an’anaviy va milliy tamoyillarini hisobga olgan holda tarbiyalash.
  3. Ijtimoiy markazlarni tashkil etish hamda psihologik va huquqiy ko’mak ko’rsatish yo’li bilan qiyin hayotiy sharoitlarga tushib qolgan oilalarni qo’llab-quvvatlash.
  4. Uyushma faoliyatiga davlat, jamoat va hususiy tuzilmalarni faol jalb etish, bolalar vasiyligi masalalari bo’yicha jamoatchilikning habardorligini oshirish va ular bo’yicha o’zaro tajriba almashish.

«SOS  Bolalar Mahallalari O’zbekiston» Uyushmasi «SOS Bolalar Mahallalari» Xalqaro tashkilotining a’zosi hisoblanadi. U o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Hukumati va «SOS Bolalar Mahallalari» Xalqaro tashkiloti o’rtasida tuzilgan shartnoma doirasida amalga oshiradi. Ayni paytda «SOS Bolalar Mahallalari» 134 ta mamlakatdagi milliy Uyushmalarni moliyaviy va texnologik jihatdan qo’llab-quvvatlamoqda, 2 mingdan ortiq dastur va loyihalarni amalga oshiryapti, 14 marta Nobel tinchlik mukofotiga nomzod bo’lgan.