SOS Bolalar Mahallalari O'zbekiston

SOS O’zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi O’zbekiston Respublikasi hududidagi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Hukumati va SOS Kinderdorf International (Avstriya) tomonidan 1997 yilda imzolangan “O’zbekiston Respublikasida SOS bolalar mahallalarini va ular bilan bog’liq loyihalarni tashkil etish, qurish, jihozlash va ularning faoliyat ko’rsatishi to’g’risida”gi shartnomaga hamda Vazirlar Mahkamasining 31.12.1997 yildagi 585-sonli “O’zbekistonda SOS Bolalar Mahallalari Uyushmasini tashkil etish to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq amalga oshiradi. 

2016 y.

2016y

Samarqand shahrida 22 nafar yigit-qiz uchun Yoshlar markazi ochildi.

2012 y.

2012y

Urganch shahrida SOS Bolalar Mahallalari Dasturining rasmiy ochilishi o’tkazildi. Urganch shahrida va Shovot tumanida Oilalar va bolalarni qo’llab-quvvatlash markazlari ochildi. Xorazm viloyatidagi maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarda ta’lim sifatini yaxshilash bo’yicha loyiha o’z faoliyatini boshladi.

2010 y.

2010y

Xorazm viloyatida SOS Bolalar Mahallalari Dasturi ishga tushdi.

2009 y.

2009y

Toshkentda birinchi Yoshlar uyi ochildi. Toshkent shahridagi maktablardan birida ta’lim sifatini yaxshilash bo’yicha loyiha ishga tushdi. SOS uy-joy dasturi o’z faoliyatini boshladi.

2008 y.

2008y

Samarqand shahrida Oilani mustahkamlash va ijtimoiy yetimlikning oldini olish dasturi kengaytirildi hamda murakkab hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan bolalar uchun Samarkand shaxrida SOS Bolalar Mahallasi ijtimoiy markazi ochildi. 21 yoshdan katta yoshlar uchun yarim mustaqil hayot kechirish dasturi ishga tushdi.

2007 y.

2007y

Samarqand shahrida SOS Bolalar Mahallalarining rasmiy ochilishi o’tkazildi. Toshkent shahrida Oilani mustahkamlash va ijtimoiy yetimlikning oldini olish dasturi ishga tushdi. Samarqand shahrining ikkita maktabi va bolalar bog’chasida ta’lim sifatini yaxshilash bo’yicha loyiha o’z ishini boshladi.

2005 y.

2005y

Samarqand shahrida SOS Bolalar Mahallalarini barpo etish haqida qaror qabul qilindi va qurilish ishlari boshlandi.

2000 y.

2000y

Toshkent shahrida SOS Bolalar mahallalarining rasmiy ochilishi o’tkazildi: Bolalar Mahallalari SOS-oilalarga g’amxo’r SOS-onalarning qaramog’iga qabul qilingan birinchi bolalar uchun o’z eshiklarini ochdi.

1998 y.

1998y

Toshkent shahrida 14 ta oilaviy uy, o’yin va sport maydonchalari, hodimlar va ijtimoiy tadbirlar uchun ma’muriy binoni o’z ichiga olgan SOS Bolalar Mahallalarining qurilishi boshlandi.

1997 y.

1997y

O’zbekiston Respublikasi hukumati va SOS Kinderdorft International o’rtasida O’zbekiston Respublikasida SOS Bolalar Mahallalarini tashkil etish va ularning faoliyati to’g’risida hukumatlararo bitim imzolandi.