Yoshlarga hamrohlik qilish

Yoshlarga hamrohlik qilish
  • Toshkent shahrida 29 nafar yoshlar
  • Samarqand shahrida 63 nafar yoshlar

Ota-onasining qaramog'isiz qolgan yoshlarni izchil uzluksiz qo'llab-quvvatlash SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari Uiushmasining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Bolalar maktabni tugatgunga qadar SOS-oilalarda yashaydi va tarbiyalanadi, keyin ular yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlarini olishlari mumkin. 

Yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi dasturlarining bir qismi bo'lib, ular bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati bitiruvchilari, og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalardan, shuningdek Mehribonlik Uylari va Bolalar Shaharchalari bitiruvchilariga hamrohlik qilish bo'yicha uzluksiz xizmatlarni quyidagi 3 ta bosqichga muvofiq ko'rsatishga qaratilgan:

  • 16 dan (yoki umumiy o'rta ta'limni yakunlashi bilan) 18 yoshgacha (yoshlarga to'g'ridan-to'g'ri hamrohlik qilish) bo'lgan yoshlar xizmatda yashashi va mutahassislar yordamida mustaqil hayot uchun zarur bo'ladigan ko'nikmalarni rivojlantirishi mumkin.
  • 18 dan 22 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'zlarining uyiga yoki munitsipal turar-joyga doimiy yashash uchun ko'chib o'tishi yoki SOS Bolalar Mahallalaridan qisman moliyaviy ko'mak olgan holda turar-joyni ijaraga olishi mumkin.
  • 22 yoshdan keyin (mustaqil hayotning birinchi yilida ko'mak berish, keyin esa individual ehtiyojlariga qarab ko'maklashish) –tarbiyalanuvchilarning keyingi hayot yo'lini kuzatish va ularni krizisli vaziyatlarda psixologik-pedagogik jihatdan qo'llab-quvvatlash maqsadida yoshlarga ko'maklashish, alohida (krizisli) holatlarda moliyaviy ko'mak ko'rsatish ko'zda tutilgan; har bir holat individual tarzda ko'rib chiqiladi.

 Quyidagilar yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlaridan chiqishning asosiy mezonlari hisoblanadi:

  • Kasbga ega bo'lishlik.
  • Ishlash va doimiy daromad olish.
  • Turar-joyining borligi. 
  • Ijtimoiy ko'nikmalarga ega bo'lishlik.
  • hayotiy ko'nikmalarga ega bo'lishlik.
  • emotsional barqarorlik.

 2009-2016 yillarda erishgan yutuqlarimiz.

  • Toshkent va Samarqand shaharlarida 63 nafar yoshlar xizmatlarda mustaqil katta hayotga tayyorgarlik ko'rishda har tomonlama ko'mak va yordam olmoqda.   
  • Xizmat hamrohligidan chiqqan barcha yoshlar orasidan 6 nafari oliy ma'lumotga, 65 nafari o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'ldi, 30 nafari esa ishga joylashtirildi.
  • Xizmatdan chiqqan 25 nafar yoshlar o'z oilalarini yaratishdi. 
  • SOS Bolalar Mahallalarining bitiruvchilari bo'lgan 20 nafar yoshlar oliy o'quv yurtlarining talabalari bo'lishdi.