Toshkent

Toshkent SOS Bolalar Mahallasi 2000 yilda ochilgan bo'lib, bugungi kunda 149 nafar bola va o'smirni qamrab olgan, ulardan::

  • 90 nafari 14 ta SOS-оoilada yashaydi;
  • 35  nafari 2009 va 2013 yillarda davlat ko'magida ochilgan ikkita Yoshlar uyida istiqomat qiladi;
  • 24  nafari yarim mustaqil yashash dasturi bo'yicha ko'mak oladi.

2007 yilda Mirzo Ulug'bek tumanidagi mahallalarda oilani mustahkamlash va ijtimoiy etimlikni oldini olish bo'yicha xizmat o'z faoliyatini boshladi. Bugungi kunga kelib 123 ta oiladan 324 nafar bola va 201 o'smirlar oilani mustaxkamlash tuzilmasining xizmatlarini olishga muvaffaq bo'ldi. 

2009 yilda bolalar ta'limini qo'llab-quvvatlash maqsadida Mirzo Ulug'bek tumanidagi 49-sonli maktab qoshida ta'lim loyixasi o'tkazildi, uning doirasida ikkita kompyuter sinfi yangi uskunalar bilan jihozlandi, darslar uchun multimedia materiallari taqdim etildi, qo'shimcha fakultativlar va to'garaklar tashkil etildi, o'qituvchilar, ota-onalar va bolalar uchun treniglar o'tkazildi.    

Toshkent SOS Bolalar Mahallasi loyixalarida jami 68 ta xodim, shu jumladan 14 nafar SOS-ona, 7 nafar SOS-xola, ijtimoiy xodimlar, psixologik-pedagogik, ma'muriy va texnik xodimlar faoliyat ko'rsatadi.