info@sos-kd.uz
  • ru Русский
  • en English
  • uz O‘zbek
Bolalar huquqlari va manfaatlari uchun
Toshkent telefon raqamlari:

+998 78 140-97-27

  • +998 78 140-97-28

  • +998 78 140-97-29

Hayriya qiling
Yuridik shaxslar uchun rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Biz kimmiz
    • OAV biz haqimizda
    • Hisobotlar va rasmiy hujjatlar
    • Tashkiliy tuzilma
    • SOS Bolalar Mahallalari O'zbekiston
    • G'oya
  • Nima qilamiz
    • Savol va javoblar
    • Loyihalar
    • Bolalar huquqlarini himoya qilish
    • Yoshlarga hamrohlik qilish
    • Ijtimoiy yetimlikni oldini olish
    • Bolalarni muqobil parvarish qilish
  • Qayerda ishlaymiz
    • Urgench va Shavot (Xorazm vilioyati)
    • Samarqand
    • Toshkent
  • Siz nima qilishingiz mumkin
    • Yuridik shaxslar uchun rekvizitlar
    • Xayriya qutilari
    • Yangi yil otkritkalari
    • Yordam berish
  • Yangiliklar
  • Kontaktlar
  • Vakansiyalar

+998 78 140-97-27

  • ru
  • en
  • uz
Hayriya qiling
  • Bosh sahifa
  • Biz kimmiz +
    • OAV biz haqimizda
    • Hisobotlar va rasmiy hujjatlar
    • Tashkiliy tuzilma
    • SOS Bolalar Mahallalari O'zbekiston
    • G'oya
  • Nima qilamiz +
    • Savol va javoblar
    • Loyihalar
    • Bolalar huquqlarini himoya qilish
    • Yoshlarga hamrohlik qilish
    • Ijtimoiy yetimlikni oldini olish
    • Bolalarni muqobil parvarish qilish
  • Qayerda ishlaymiz +
    • Urgench va Shavot (Xorazm vilioyati)
    • Samarqand
    • Toshkent
  • Siz nima qilishingiz mumkin +
    • Yuridik shaxslar uchun rekvizitlar
    • Xayriya qutilari
    • Yangi yil otkritkalari
    • Yordam berish
  • Yangiliklar
  • Kontaktlar +
  • Vakansiyalar
  1. Bosh saxifa
  2. Yangiliklar
24.04.2025

23 aprel 2025 yil SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari va UNICEF O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

23 aprel 2025 yil  SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari va UNICEF O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

3.12.2024

SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo'yicha vakili o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

2024 yil 2 dekabrda SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo'yicha vakili o'rtasida...

15.11.2024

SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi “Bolalarni zo’ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to’grisida”gi yangi qonunning qabul qilinishini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi.

SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi “Bolalarni zo’ravonlikning barcha shakllaridan...

13.06.2025

Muqobil g‘amxo‘rlik tizimida psixosotsial qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish: davra suhbati

Toshkent, 2025-yil 13-iyun – SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi hamda UNICEFning  O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida muqobil g‘amxo‘rlikda bo‘lgan bolalarni psixosotsial qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularni biologik oilalaridan ajralib qolishining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
 
Tadbirda davlat idoralari, xalqaro va mahalliy tashkilotlar vakillari, soha mutaxassislari, asrab oluvchi ota-onalar hamda muqobil parvarish tizimida ulg‘aygan yoshlar ishtirok etdi.
Asosiy maqsad – psixologik travma bilan ishlash yondashuviga asoslangan holda, oilaviy g‘amxo‘rliksiz qolgan yoki xavf ostida bo‘lgan bolalarni ruhiy va psixososial jihatdan samarali qo‘llab-quvvatlash usullarini aniqlash hamda turli sohalararo hamkorlikni kuchaytirish bo‘ldi.
Ishtirokchilar travmaga sezgir va barqaror yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish, bolalar va oilalar bilan ishlovchi mutaxassislarni tizimli tarzda qo‘llab-quvvatlash zarurligini alohida ta’kidladilar. Sifatli psixososial xizmatlarga keng kirish imkoniyati – muqobil g‘amxo‘rlik tizimini isloh qilishda bolalarning huquqlarini samarali himoya qilishning muhim omili sifatida qayd etildi.
Tadbirni SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi direktori Gulnoza Abidova hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Mariya Kastijjo ochib berdi. Xalqaro ekspert Lyubosh Tibenskiy psixososial qo‘llab-quvvatlashning asosiy tamoyillarini taqdim etdi, UNICEF maslahatchisi Diana Isayeva esa mamlakatda ruhiy salomatlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan amaliyotlar bilan bo‘lishdi.
Panel muhokamalari va guruh ishlari davomida ishtirokchilar internatsion parvarishdan voz kechish, oilaviy g‘amxo‘rlik shakllarini kengaytirish, erta aralashuv xizmatlarini rivojlantirish hamda psixososial yordamni ijtimoiy himoya strategiyalariga integratsiya qilish yo‘llarini muhokama qildilar. Tadbirda ishtirok etgan asrab oluvchi ota-onalar va muqobil parvarishda ulg‘aygan yoshlarning shaxsiy tajribasi munozaraga amaliy ahamiyat bag‘ishladi.
Mazkur davra suhbati bolalar farovonligida psixosotsial qo‘llab-quvvatlashning o‘rni tobora ortib borayotganini yana bir bor tasdiqladi va sohalararo hamkorlikni mustahkamlashga yana bir qadam sifatida xizmat qiladi.
Orqaga

Tarqatish

Kontaktlar

Ofisimiz manzili:

100015, Nukus ko'chasi, 79, Toshkent, O'zbekiston

Telefonlar:

+998 78 140-97-27

+998 78 140-97-28

electron adres:

info@sos-kd.uz

Yangiliklarga a’zo bo’lish

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Copyright © 2025
Ommaviy taklif Maxfiylik siyosati